Dani Alves PSJda qolmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019, 16:41
PSJ himoyachisi Dani Alves faoliyatini Parij klubida davom ettirmoqchi.

Alvesning PSJ bilan shartnomasi 2019 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Klub hozircha 35 yoshli braziliyalikka yangi bitim taklif qilgani yo'q, ammo himoyachi Fransiya klubi bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

Dani Alves 2017 yilda PSJ futbolchisiga aylangan edi.

Joriy mavsum Alves Liga 1ning 6ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe