

"As" nashri xabariga ko'ra, transfer summasi futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan 6 million evrodan ko'proqni tashkil qiladi. Parijliklarning belgilangan summadan ko'proq to'lashga rozi bo'lishiga sabab - ikki klub o'rtasida yaqinda shakllangan ijobiy munosabatlarni saqlab qolish istagidir.
Parij klubi rahbariyati kataloniyaliklar bilan aloqalarni buzmaslik uchun shunday yo'l tutishga qaror qilgan.



