"Chelsi" va "Lids" Rafinya transferi bo'yicha kelishib olishdi

Administrator
28 iyun 2022, 23:48
Futbolchi tez orada "Chelsi" a'zosiga aylanadi.

Taniqli insayder va jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Chelsi" va "Lids" Rafinya Dias transferi bo'yicha kelishuvga erishishdi. "Chelsi" jo'natgan rasmiy taklif qiymati 60-65 mln evro (bonuslar bilan) atrofida. Hozirda futbolchi bilan shartnomaning shaxsiy talablari borasida muzokaralar ketmoqda. 

Shu tariqa, London klubi futbolchi uchun kurashda "Arsenal" va "Barselona"ni ortda qoldirishga erishdi.

Rafinyaning "Lids" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. U 2020 yilning kuzida "Renn"dan Angliya klubiga o'tgan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer narxi 45 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano