Mbappe eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi

Mirjalol Normatov
28 noya 2025, 01:15
Kilian Mbappe YCHL tarixidagi eng tezkor xet-triklardan birini qayd etdi.

Kecha "Real" 5-turda "Olimpiakos" maydonida 4:3 hisobida g'alabaga erishdi. Mbappe madridliklar uchun 4ta gol urdi va shularning uchtasini 22, 24 va 29-daqiqalarda kiritdi. "Real" forvardiga xet-trik amalga oshirish uchun 6 daqiqa 42 soniya etarli bo'ldi. Undan faqatgina Muhammad Saloh yaxshiroq natija qayd eta olgan. 

Misrlik forvard 2022 yili "Reynjers" darvozasiga 6 daqiqa 13 soniyada 3 marta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal