"Liverpul" Slot bo'yicha qaror qabul qildi

Mirjalol Normatov
27 noya 2025
"Liverpul" rahbariyati bosh murabbiy Arne Slotga ishonch bildirishda davom etadi va uni iste'foga chiqarmaydi.

"Daily Mail" ma'lumotiga ko'ra, klub egalari niderlandiyalik murabbiy bilan gaplashib olgan va unga xotirjamlik bilan ishlashda davom etishini aytishgan.

Qayd etish kerak, "Liverpul" kecha YCHL umumiy guruh bosqichida PSVga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoa so'nggi 12 o'yinining 9tasida yutqazdi.

O'tgan mavsumda "Liverpul" Slot boshchiligida APL g'olibi bo'lgandi. Ayni damda mersisaydliklar 12 o'yindan keyin APL turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail