Buffon mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti

Alisher
27 yanv 2021, 14:01
Italiyalik kamida yana bir mavsum futbolda qolishi mumkin.

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon joriy mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.

"Qariya" futbolchi Turin klubi bilan tuzgan shartnomasini bir mavsumga uzaytirishi mumkin. Tomonlar bu variantni ko'rib chiqishmoqda, ammo yakuniy qaror qabul qilinmadi.

Buffon joriy mavsum barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi ertaga 43 yoshni qarshi oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/nicoschira