Arteta Uilshir yangi klub topguniga qadar "Arsenal" bilan shug'ullanishi mumkinligini aytdi

Alisher
10 sen 2021, 18:01
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir yangi klub topguniga qadar jamoa bilan shug'ullanishi mumkinligini aytib o'tdi.

"Jekni anchadan beri bilaman, biz u bilan kiyim almashtirish xonasida birga bo'lganmiz, klubdagi barcha uni sevadi. U uchun eshiklarimiz doimo ochiq", - deydi Arteta.

Uilshirning so'nggi klubi "Bornmut" bo'lgan edi. 

29 yoshli angliyalik futbolchi ayni damda erkin agent hisoblanadi. 1 sentyabrda u B Seriya ishtirokchisi "Komo" bilan shug'ullanayotgani aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror