Zlatan Ibragimovich Konor va Xabib o'rtasidagi jangda kim g'olib bo'lishini aytdi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2018, 12:06
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Xabib Nurmagomedov hamda Konor MakGregor o'rtasida o'tkaziladigan UFC jangida kim g'olib bo'lishini taxmin qildi.

"Xabib g'alaba qozonadi deb o'ylayman, chunki agar u sizni ushlab olsa Nurmagomedovning qo'llaridan chiqib keta olmaysiz.

Xabib raqiblarni azob chekishga majbur qiladi. Nurmagomedovga qarshi jang qilayotganlar taslim bo'ladi. Xabib Konordan xavfliroq. Men boshqa rus jangchisini eslayman - Fyodor Emelyanenko. U ham shunday jang qilardi" - deydi Zlatan Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: eurosport.ru