Zlatan Fransiya terma jamoasi haqida: "Ularning hujumida dunyoning eng yaxshi besh futbolchisidan uchtasi bor"

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2026, 15:45
Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Fransiya milliy jamoasining hujumkor salohiyatini yuqori baholadi.

"Dunyoning eng yaxshi beshta futbolchisidan uchtasi ularning hujumida o'ynaydi – Dembele, Olise va Mbappe. Qolgan ikki nafariga Xoland va Yamalni misol qilish mumkin, Messi esa boshqa darajada.

Ammo bu hujumda ular uch kishi! Va bundan kombinaciya yaratish oson emas. Masalan, "PSJ"da Mbappe, Messi va Neymar bo'lgan vaqtda, bu 100 foiz samarali bo'lmagandi. Lekin bu yigitlarda kim birinchi raqam bo'lishini aniqlaydigan xudbinlik yo'q. Shuningdek, ular to'psiz ham katta hajmdagi ishlarni bajarishadi, bu esa yanada muhimroq. Chunki to'p bilan nimalarga qodirliklarini yaxshi bilamiz.

Ularning har biri o'yin taqdirini yolg'iz o'zlari hal qila olishadi. Bu odamni qo'rqitadi", – dedi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport