Ibragimovich mundial favoritini tanlab oldi

28 iyun 2026, 21:25
Shvetsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich JCH–2026da Fransiya terma jamoasining imkoniyatlari haqida o'z fikrini bildirdi.

Francuzlar I guruhidagi uchala uchrashuvda ham g'alaba qozonib, pley-off yo'llanmasini birinchi o'rin bilan qo'lga kiritdi. Endi ular 1/16 finalda aynan Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Hammasi ularning o'yinga qay darajada yondashishiga bog'liq. Fransiya to'liq kuch bilan harakat qilsa, men ularni mag'lub eta oladigan jamoalarni barmoq bilan sanay olaman.

Raqibda faqatgina Fransiyaning o'zi o'yin suratini pasaytirib, xotirjam tortib qolgan paytdagina imkoniyat bo'lishi, o'yinga qaytishi mumkin.

Menimcha, Fransiya Jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri. Ular hozirgi paytda boshqa jamoalardan mutlaqo boshqa darajada", - dedi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal