"Yuventus" katta tovon puli tufayli Allegrini yozgacha iste'foga chiqarmaydi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 12:02
Turinliklar moliyaviy jihatdan juda qiyin holatda.

"Yuventus" rahbariyati "Napoli" bilan o'yin (1:5) natijasidan juda norozi. Muvaffaqiyatsizlikning aybdori sifatida bosh murabbiy Massimiliano Allegri ko'rsatilmoqda. Shu bilan birga, "Football Italia" xabariga ko'ra, uning mavsum oxirigacha iste'foga chiqarilishi haqida hech qanday gap-so'z yo'q.

Allegri yiliga 7,5 million evro maosh oladi va uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Yuventus" Massimiliano uchun tovon puli sarflashni istamaydi. Allegri ham ketma-ket 8 ta g'alaba evaziga jadvaldagi vaziyatni yaxshilashga va kuchli to'rtlikka chiqishga muvaffaq bo'ldi.

"Yuventus" bosh murabbiy lavozimida Antonio Konte yoki Zinedin Zidanni ko'rishni xohlaydi. Biroq turinliklar uchun murabbiyni almashtirish umumiy hisobda kamida 60 million evroga tushadi. "Yuventus" bunday pul sarflashga tayyor emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia