"Yuve", "Inter" va "Roma" Pyanichni ijaraga olmoqchi. "Barsa" xavbeki maoshining kamayishiga rozi emas

Alisher
16 iyul 2021, 18:02
"Barselona" xavbek Miralem Pyanichning yuqori maosh masalasini hal etishga urinmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" yaqinda 31 yoshli o'yinchining ketishini tezlashtirish uchun unga ultimatum qo'ydi.

"Barselona" bosniyalikni ijaraga olish bo'yicha uchta taklif oldi: "Yuventus", "Inter" va "Roma"dan.

Bu klublardan biriga o'tishda futbolchi maoshining kamayishiga rozi bo'lishi kerak, ammo u buni xohlamayapti. "Barselona" masalani kelasi haftadan kechiktirmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es