Yovich "Fiorentina"ga o'tmoqchi. Futbolchi uchun da'vogar klublar soni 10ta

Alisher
24 iyun 2022, 18:24
Luka Yovich faoliyatini davom ettirmoqchi bo'lgan klubi ma'lum bo'ldi.

24 yoshli "Real" forvard mavsumlar oralig'ida "Fiorentina"ga o'tmoqchi.

Hujumchi uchun 10 klub da'vogarlik qilmoqda, ammo Serbiya terma jamoasidagi sherigi Nikola Milenkovich uni Florenciya jamoasiga o'tishga ko'ndirdi.

"Real" Yovichni xarid qilish majburiyatisiz ijaraga berib yuborishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: firenzeviola.it