Yoshlar Birinchiligida Lokomotiv PFKga intizomiy choralar ko'rildi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 16:14
Lokomotiv PFK jarimaga tortildi.

Maydon egalarining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan Yoshlar Birinchiligi 22-tur doirasidagi Metallurg - Lokomotiv uchrashuvida temiryo'lchilar tarkibida to'rtta ogohlantirishi bo'lgan Ilhom Suyunov maydonga tushgani uchun Lokomotiv PFKga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi.

Yoshlar Birinchiligi 22-turi doirasidagi Metallurg – Lokomotiv uchrashuvida futbol bo'yicha O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi musobaqalarning 2013 yilgi Reglamenti (4-modda, 4.27-bandi)ni buzgani uchun Lokomotiv PFKga texnik mag'lubiyat (-:+), Metallurg PFKga texnik g'alaba (+:-) yozildi.

Metallurg – Lokomotiv uchrashuvida kiritilgan gollar bekor qilindi, ogohlantirishlar esa o'z kuchida qoldi.

Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.22-bandi)ga asosan Lokomotiv PFK jarimaga tortildi.

Ilhom Suyunov amaldagi eng yaqin uchrashuvni o'tkazib yuborishi shart.


22-TURDAN KEYINGI VAZIYAT

1

BUNYODKOR (Toshkent)

22

17

2

3

52-24

53

2

PAXTAKOR (Toshkent)

22

16

1

5

49-31

49

3

NASAF (Qarshi)

22

12

4

6

56-32

40

4

LOKOMOTIV (Toshkent)

22

12

1

8

43-27

40

5

NEFTCHI (Farg'ona)

22

12

3

7

40-25

39

6

METALLURG (Bekobod)

22

10

6

6

39-30

36

7

NAVBAHOR (Namangan)

22

9

5

8

29-30

32

8

SHURTAN (G'uzor)

22

7

6

9

37-40

27

9

OLMALIQ (Olmaliq)

22

6

5

11

32-45

23

10

QIZILQUM (Zarafshon)

22

6

4

12

34-45

22

11

SO'G'DIYONA (Jizzax)

22

6

4

12

30-49

22

12

GULISTON (Guliston)

22

5

4

13

30-42

19

13

DINAMO (Samarqand)

22

6

0

16

18-43

18

14

BUXORO (Buxoro)

22

5

3

14

22-49

18

 
To'purarlar:
Bahodir Qosimov (Qizilqum) – 12, Obid Mamatov (Nasaf), Otabek Zokirov (Neftchi) - 11, Sardor Inomjonov (Metallurg), Humoyun Murtazoev (Sho'rtan), Akmal Abdurahmonov (So'g'diyona), Dilmuhammad Xudoyberdiev (Guliston) - 10.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz