Yil davomida FIFA 22'da eng ko'p tanlangan futbolchi va klub nomi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
21 dek 2021, 08:55
“Electronic Arts” 2021 yil uchun FIFA 22 futbol simulyatoridagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, shu vaqtga qadar jami 22,3 milliard gol urilgan bo'lib, ularning asosiy qismi Kilian Mbappe hisobiga yozilgan va u eng ko'p tanlangan futbolchi sifatida qayd etildi. Shuningdek, PSJ simulyator foydalanuvchilari orasida eng mashhur jamoaga aylandi.

Eslatib o'tamiz, FIFA 22 o'yini 2021 yilda EA kompaniyasi uchun eng mashhur franshizalardan biri bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Electronic Arts