

Turkiya klubi "Marsel” so'ragan 50 million evroga yaqin summani taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Yag'iz Sabunjuoglu. Qayd etilishicha, "Roma" ham vinger uchun taklif kiritgan, biroq bu unchalik moliya jihatdan foydali bo'lmagan.
Grinvud o'tgan Liga 1 mavsumida 32 o'yinda 16 ta gol urib, "Marsel"ning eng yaxshi to'purariga aylandi.



