Vozinya Messi bilan nimalar haqida gaplashganini so'zlab berdi

5 iyul 2026, 10:50
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya 1/16 final uchrashuvidan so'ng Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi bilan bo'lgan suhbatni ochiqladi.

"Men unga yaqinlashdim va hali biror nima deyishga ulgurmasimdan, u meni bag'riga bosdi va shunday dedi: “Barakalla. Sen ajoyib darvozabonsan. Yaqinlaring sen bilan juda faxrlanishsa kerak”. Leo kabi insondan bunday so'zlarni eshitish men uchun juda katta ahamiyatga ega.

Men unga minnatdorchilik bildirdim va: “Rahmat, Leo. Sen eng zo'risan”, deb javob qaytardim. Keyin undan o'sha o'yindagi libosini so'radim. U tabassum qildi va: “Albatta. Men uni senga tribuna osti yo'lagida beraman”, dedi. Men bunday lahzalarni umrimning oxirigacha eslab yuraman", - deya Vozinyaning so'zlarini paragvaylik jurnalist Bruno Pont o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com