

Paragvay - Fransiya jamoalari bahsini boshqargan hamyurtimiz o'yindan so'ng tanqidlar yomg'iri ostida qoldi. Biz esa bu borada "Alyo, ref" telegram kanali muallifi, Championat.asia sayti hakamlar bo'yicha eksperti, "Alyo, ref!" kanali egasi Anatoliy Sinyaev Ilgiz Tantashevning kechagi o'yinini tahlil qildi.
"Umumiy manzarani olganda, o'yin omadsiz chiqdi. To'g'ri, referi elkama-elka kurashlarga deyarli xushtak chalmadi. Paragvayliklar bundan unumli foydalanib, haddidan oshib ketishdi. Tantashevning yumshoqligi evaziga raqib vakillari maydonda juda ko'p erkinlikka ega bo'lishdi. Janubiy amerikalik futbolchi hatto darvozabonning to'pni o'yinga kiritishiga to'sqinlik qildi. Bunday qo'polliklar esa bosh hakamning nigohidan chetda qoldi, oqibatda bir nechta follar belgilanmadi.
Hatto qizil kartochkaga loyiq holatlar uchradi. Okean orti vakillari o'ta tajovuzkor o'ynay boshlashdi. Epizodlarni alohida tahlil qilsak, Paragvayning 3 nafar o'yinchisini maydondan chetlatish mumkin edi.
Matias Galarsa Mbappening ko'kragiga yaqqol zarba berdi. O'sha vaziyatda hech bo'lmasa sariq ko'rsatilishi kerak edi. Agar ushbu daqiqadan boshlab o'zbekistonlik hakam nazoratni qo'liga olganida, raqiblar buyog'iga o'ylab harakat qilardi. Keyingi 2 ehtimoliy chetlatishga loyiq jarayon o'zbekistonlik referining diqqat markazidan chetda qoldi. Tantashev ancha qattiqqo'lroq yondashishi lozim edi.
Eng hal qiluvchi palla jarima maydonchasi ichida Duega nisbatan ishlatilgan qo'pollik bo'ldi. Xayriyatki, epizodga VAR aralashdi, keyin Mbappe penaltidan gol urdi. Bu yerda yaqqol qoidabuzarlik bor edi, biroq u bunday follarni ko'pincha e'tiborsiz qoldirdi.
Bu o'zbekistonlik hakamning kuni emasdi. U uchrashuvga noto'g'ri taktik yondashuvda tushgan va bu umumiy manzaraga salbiy ta’sir qildi. Odatda, bunday o'yinlardan keyin hakamlar navbatdagi bahslarga tayinlov olmaydi",- deydi Anatoliy Sinyaev.



