Yamal: "Men zarba bermoqchi edim, lekin Rafinya buni golga aylantirdi"

Alisher
12 mar 2025, 12:22
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida Lissabonning "Benfika" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"O'yinda jamoadoshlarim ishning katta qismini bajarishdi. Golli uzatmam? O'sha vaziyatda men darvozaga zarba bermoqchi edim, biroq Rafinya buni golga aylantirdi," - deya 17 yoshli ispaniyalikning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, javob bahsida "Barselona" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi uchrashuvda ham kataloniyaliklarning qo'li baland kelgandi - 1:0. YCHL chorak finalida Xans-Diter Flik shogirdlari "Lill" - "Borussiya" juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com