Vinisius bolalikdagi orzulari ro'yxatini ko'rsatdi – 22 yoshida ularning deyarli barchasiga erishdi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 14:24
Braziliyalik vinger orzulari ro'yxati yozilgan suratni Instagram'ga joyladi.

Ro'yxat quyidagicha ko'rinish olgan: 

- Yoqtirgan klubimda harakat qilish;

- Jahon chempionatida g'olib chiqish;

- Dunyoning eng yirik jamoasida o'ynash; 

- Braziliya termasi sharafini himoya qilish;

- Bolalarni ilhomlantirish;

- Klasikoda gol urish;

- Chempionlar Ligasini yutish;

- Barcha braziliyaliklarni menga muxlislik qilishga majbur qilish.



Braziliyalik o'z maktubini "Har doim esda tuting: qo'rquv – bu shunchaki illyuziya" degan so'zlar bilan yakunladi.

Ta’sirlisi shundaki, Vinisius 22 yoshida o'sha 8 orzuning deyarli hammasiga erishdi.

Agar shu oy oxirida Braziliya Jahon chempionatida g'olib chiqsa, ro'yxat to'liq ijobat bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia