VIDEO. Mirjalol Qosimovning "Bunyodkor"dagi ilk mashg'uloti

Narzulla Saydullayev
11 may 2017, 15:04
Kecha Toshkentning "Bunyodkor" klubi Mirjalol Qosimov boshchiligida ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Mashg'ulotda barcha futbolchilar ishtirok etishdi. OCHL doirasidagi "Al Ayn"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda o'ynagan futbolchilar alohida shug'ullanishdi. Qolgan futbolchilar bilan Aleksandr Volkov va Shuhrat Maqsudov ishlashdi. Murabbiylar Viktor Karpenko va Xayrulla Karimov futbolchilar bilan tengma-teng shug'ullanishdi. Mirjalol Qosimov esa mashg'ulotni boshqarib bordi.

Bu mashg'ulotni klub direktori Murod Aliev ham kuzatib borgani diqqatga sazovor.

Quyida ushbu mashg'ulot videosini tomosha qiling.

TAS-IX

VIDEO


TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia