Vidal dunyoning eng zo'r futbolchisi kim ekanligini aytdi

Alisher
10 noya 2020, 11:00
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal dunyoning eng kuchli futbolchisi kim ekanligini aytdi.

"Ikkita javob bo'lishi mumkin emas. Messi. U boshqa sayyoradan. U bilan ikki yilni o'tkazdim va yuragimda ko'plab narsalar qoldi. O'rtamizdagi yaxshi munosabatlar doim qoladi.

Messidek inson xayrlashuv paytida sizga shunday narsalarni yozsa, aqldan oza boshlaysiz. Biz butun hayotimiz davomida birga bo'lamiz", - deydi Vidal.

33 yoshli chililik futbolchi yozgi transferlar oynasida "Barselona"dan ketdi.

Vidal joriy mavsum "Inter" tarkibida barcha musobaqalarda 10ta yo'inda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Rai Sports