Valverde: “VARning “Real” foydasiga qaror chiqarayotgani bizni xavotirga solmaydi”

Aslanov Jasurbek
27 fev 2019, 18:45
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugungi El-Klasiko oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“VARning “Real” foydasiga qaror chiqarayotgani bizni tashvishga solayotgani to'g'risidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Futbolda doim munozaralar bo'ladi va bo'lib kelgan. Shu sababdan e'tiborimizni VARga qaratmoqchi emasmiz. Bo'lajak bahs klubdagi yubiley (100) o'yinim bo'lishi, kubokning yarim final bahsi ekanligi va bu “El-Klasiko”ligi muhimi emas. Asosiysi esa biz g'alaba qozonmoqchimiz. Himoyamizda muammolar bo'lishiga qaramay, oldinga o'tgan holda gol urishimiz zarurligini bilamiz.”, - deydi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana