Valverde: "O'yin oxirida "Milan" bizni xayron qoldirdi"

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 15:57
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde XCHK doirasida "Milan"dan (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin davomida jamoam vaziyatni nazorat qilib bordi, biroq vaziyatlardan foydalana olmadi. Bahs oxirida esa "Milan" bizni xayron qoldirdi. Ikkinchi tarkibimiz bilan shunday o'yin ko'rsatganimizdan mamnunman. Futbolchilar qiyin vaziyatda ham o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi", - dedi Valverde.

"Barselona" uchrashuv davomida golga tortadigan ko'plab vaziyatlar yaratdi. Biroq so'nggi daqiqalarda "Milan" tashkil etgan kam sonli hujumlaridan biri Andre Silvaning goli bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal