Ernesto Valverde fevral oyida La Liganing "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2024, 14:25
"Atletik Bilbao" ustozi Ernesto Valverde fevral oyi yakunlariga ko'ra chempionatning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi.

Bu oy davomida "Atletik" "Malorka"ni engdi (4:0), "Almeriya" bilan durang (0:0) o'ynadi, "Jirona"ni (3:2) hisobida taslim etib, "Betis"ga yutqazib (1:3) qo'ydi.

Valverdega bu nominaciyada Xavi ("Barselona") va Kike Sanches Flores ("Sevilya") raqobatchilik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: laliga.com