"Atletik" bosh murabbiyi "Barselona"ning Uilyamsga qiziqishi haqida gapirdi

Alisher Ostonov
25 may 2025, 14:48
"Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde ilk bor "Barselona" yarim himoyachi Niko Uilyamsga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Valverde mish-mishlarni rad etishga urinib, "Atletik" rahbariyati Uilyamsni 2024/25 yilgi mavsumdan keyin jamoada qolishini kutayotganini ma'lum qildi.

"Davom ettiradimi? Menimcha, ha. Biz uning davom etishini taxmin qilamiz va shuni xohlaymiz. Bu qanday bo'lishini bilasiz - mavsum tugagach, mish-mishlar tarqala boshlaydi. Lekin biz undan juda mamnunmiz, o'ylaymanki, u ham bizdan mamnun. Umid qilamanki, keyingi mavsum u uchun ajoyib bo'ladi", - dedi Valverde.

22 yoshli Niko Uilyams 2024/25 yilgi mavsumda "Atletik" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer narxi 70 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sport.es