U-19 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi. Raqiblar - Xitoy, Avstraliya va Tojikiston

Narzulla Saydullayev
30 apr 2016, 21:29
Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qur'aga ko'ra Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "D" guruhidan o'rin oldi. Ushbu guruhdan yana Xitoy, Avstraliya va Tojikiston kabi jamoalar joy olishdi.

"A" guruhi: Bahrayn, Tailand, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.
"B" guruhi: KXDR, BAA, Iroq, Vetnam.
"C" guruhi: Qatar, Yaponiya, Yaman, Eron
"D" guruhi: O'zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Tojikiston


Ma'lumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati 13-30 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia