Eshitdik-da! Jasur Abduraimov "Metallurg" bosh murabbiyligidan ketdi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2021
Bekobodning "Metallurg" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ldi.

Eshitishimizga qaraganda bosh murabbiy Jasur Abduraimov o'z lavozimidan ketgan. Jasur Birodarovich 16 mart kuni "Metallurg" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Jamoa ushbu murabbiy qo'l ostida Superligada 19ta uchrashuv o'tkazdi va 5ta g'alaba, 1ta durang va 13ta mag'lubiyat qayd etdi.

"Metallurg" bugun Superliganing 22-turi doirasida Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia