"Metallurg" bosh murabbiyi Jasur Abduraimov iste'foga chiqdi

Alisher
21 okt 2021
Xabaringiz bor, Bekobodning “Metallurg” jamoasi mamlakat milliy chempionati – Superliganing so'nggi ikki turini bosh murabbiysiz o'tkazgandi.

Kecha “Metallurg” PFKda yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Jasur Abduraimov salomatligi bois faoliyatini davom ettira olmasligini bildirib ariza berganligini ma'lum qildi.

Ikki tomonlama kelishuvga muvofiq shartnoma bekor qilinganligi bayon etildi.

→Eshitdik-da! Jasur Abduraimov "Metallurg" bosh murabbiyligidan ketdi


AlisherMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати