Tuxel: "Tottenxem"ni yana yutish uchun "Chelsi" borini beradi"

Mirjalol Normatov
23 yanv 2022, 12:13
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel APLning 23-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Juda muhim o'yin. Turnir jadvaliga e'tibor berib qarasak, yuqori to'rtlik uchun kurashayotgan jamoalar orasida faqatgina "Tottenxem" 4ta o'yin kam o'tkazgan.

Balki bu yolg'onchi hissiyotlar taqdim qilishi mumkin. Sen yetakchisan, katta farq bilan oldindasan... Biroq unday emas. Biz holatning o'zgarmasligi uchun qo'limizdan kelganini qilamiz va principial raqiblarni mag'lub etishga harakat qilamiz.

Bu London derbisi. Kichik fursat ichida ushbu raqib bilan uchinchi marta to'qnash kelyapmiz. Demak ular bizning nima qilishimizni, biz esa ularning nima qilishlarini bilib oldik desa ham bo'ladi. Barchasi ayon. Ularni ikki marta mag'lub etdik, uchinchisiga ham harakat qilamiz. Barchasi o'z qo'limizda.

O'tgan o'yinda ular so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonishdi. Biz esa Liga Kubogi yarim finalida ularni ikki marta mag'lub etdik. Balki bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlar. Bu bosim yoki falsafa darsi emas. Barchasi futbolchilarning o'yinga tayyorgarligi va rejaga bog'liq. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatsak bo'lgani", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal