"Tottenxem" Eriksenni sotadi, faqat...

19 dek 2019, 22:41
Bu haqida Sku Sports nashri xabar qildi.

Kristian Eriksenning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi. Daniyalik futbolchi kelajagi borasida qatiy qarorga kelgan, u London klubida qolmaydi.  "Shporlar" rahbariyati Eriksenni yanvarda sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Faqat yarim himoyachining keyingi manzili Angliyadan tashqarida bo'lishi lozim, u APL klublariga sotilmaydi (bungacha ingliz klublaridan MYU Eriksenga faol qiziqish bildirayotgandi).

Ma'lumot uchun, joriy mavsum APL doirasidagi 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi, 1 gol va 2 ta samarali uzatmaning muallifiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports