"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi jamoani tark etdi

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2025, 13:43
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kristian Eriksen jamoadan ketdi.

Uning klub bilan shartnomasi yakuniga etdi. Mankunianliklar rahbariyati 33 yoshli daniyalik bilan bitimni uzaytirmadi.

Eriksen APLda o'ynashni istamayapti va faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirish haqida o'ylamoqda.

Shuningdek, MYUni Viktor Lindelyof va Jonni Evans ham tark etdi.

Jamoa Angliya Premer-ligasi mavsumini 15-o'rinda tugatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN