

O'yin Sietldagi "Lyumen Fild" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
"Biz g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. Bu o'yinda yutish va keyingi bosqichga o'tishga qatiy belgi bog'laganmiz. Biz uchun yangi musobaqa boshlanyapti. Guruhda birinchi bo'lib ham, baribir turnirdan chiqib ketishingiz mumkin. Biz buni Marokash va Niderlandiya o'rtasidagi o'yinda qanday sodir bo'lganini ko'rdik. G'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish uchun qatiyat bilan harakat qilishimiz kerak.
Biz bu uchrashuvga katta qatiyat va ishonch bilan, shu bilan birga Belgiyaga nisbatan katta hurmat bilan yondashmoqdamiz. Bu jamoa ajoyib natijalar ko'rsatmoqda. Ular Yevropa va jahon futbolidagi jiddiy kuch. Ammo biz turnirda qolish uchun bor kuchimizni berishga tayyormiz.
Bu o'yin uchun eng yaxshi boshlang'ich tarkibni maydonga tushirishga harakat qilamiz. Lekin o'yin boshidan oxirigacha muhim bo'lishini bilamiz. Zaxiradan kim maydonga tushmasin, u albatta o'z hissasini qo'sha oladi.
Dastlabki ikkita o'yindagi [guruh bosqichi] mag'lubiyatlar og'ir kechdi. Iroqqa qarshi o'yinda strategiyani o'zgartirishimiz kerak edi va aynan shuni amalga oshirib, pley-offga yo'l oldik", - dedi Tiav.



