Ten Xag "Barselona"ga qarshi o'yin haqida: "O'z o'yinimizdan zavq oldim"

Mirjalol Normatov
19 fev 2023, 16:29
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Yevropa Ligasida "Barselona"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

16 fevral kuni tomonlar "Kamp Nou"da bahs olib bordi va unda 2:2 hisobi qayd etildi. Javob o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi.

- MYU "Kamp Nou"da ko'p kuch yo'qotdi. Bu "Lester"ga qarshi o'yinga ta’sir qilmaydimi?

- O'sha kuni zo'r o'yin ko'rsatdik. O'yinimizdan zavq oldim. Jamoam juda yaxshi o'ynadi. Balki kerakli natijaga erishgandirmiz, ammo hali ishni yakunlaganimiz yo'q. "Old Trafford"da barchasi hal bo'ladi. Bu tabiiy, biroq hozir e'tibor "Lester"ga qarshi o'yinga qaratilgan.

- "Barselona"ga qarshi o'yinni jarohat sabab o'tkazib yuborgan futbolchilar "Lester" bilan o'yinda maydonga qaytadimi?

- Lisandro Martines va Marsel Zabitcer diskvalfikaciyani o'tab, tarkibga qaytadi. Ular jamoaning muhim futbolchilaridan. Ular tarkibdami, demak, bu yaxshi. Ular yakshanba kungi o'yinda jamoani kuchaytiradi, - dedi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com