

"Keyingi taqdirim haqida hozir bir narsa deya olmayman. Oldimizda O'zbekiston kubogi final o'yini bor. Buning ustiga "Lokomotiv" bilan tuzgan shartnomam yil oxirigacha mo'ljallangan. Hech qachon, hech qachon dema, degan gap bor. Hozirdon nimadir bo'lishi haqida bilmayman. Menga chindan Malayziyaning "T-Tim" klubidan taklif bo'ldi. Balki o'sha yoqqa ketarman, balki "Lokomotiv"da qolarman yoki umuman boshqa jamoada o'ynarman, hamma narsa bo'lishi mumkin. Men uchun yana boshqa mamlakatlardan ham qiziqish bor", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov "Futbol Ekspress" gazetasiga.


