

Qayd etilishicha, Sulsher futbolchi bilan muzokaralarni tezlashtirishni manchesterliklarning vice-prezidenti Ed Vudvorddan iltimos qilgan.
Avvalroq, MYU 24 yoshli Fernandesh uchun Sporting klubiga taklif yuborgan bo'lib, Portugaliya jamoasi uni 70 mln. evro kamiga qo'yib yubormasligini ma'lum qilgan. O'z navbatida qizil iblislar vakillari bu mablag'ni juda ham ko'p hisoblagandi.
Portugaliyalik futbolchiga shuningdek, Atletiko hamda Tottenxem klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.



