Sterling jarohat oldi va "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
3 fev 2020, 12:41
"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling APL doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

25 yoshli futbolchi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda mushaklaridagi noqulayliklarni his qildi va 84-daqiqada almashtirildi. Uning o'rniga esa Bernardu Silva maydonga tushirildi.

Angliya terma jamoasi futbolchisi Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Sterling joriy mavsum "Siti" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo