“So'g'diyona” bugun “Olmaliq”qa qarshi tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2017, 19:05
Oliy liganing 18-turida “So'g'diyona” safarda “Olmaliq”qa qarshi maydonga tushadi.

“Lokomotiv”ga qarshi o'yindan so'ng jamoaga 3 kunlik qisqa tatil berilgan edi. Jamoa bugun “So'g'diyona” qarorgohida yig'ildi va  navbatdagi turdagi raqibi “Olmaliq”qa qarshi hozirlikni boshladi.

Muxlislarimiz uchun yana bir xushxabar. Birinchi davra “Qo'qon-1912” ga qarshi o'yinda 3 ta o'yinga chetlatilgan Sanjar Rashidov “Olmaliq”qa qarshi bahsda jamoaga yordam bera oladi.

Ikki jamoalar o'rtasidagi o'yin vaqti ma'lum. Yoshlar ligasi bahsi 18 avgust kuni soat 17:30da bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi esa 19 avgust kuni soat 19:00 da  OKMK sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Olmaliq (Olmaliq) – So'g'diyona (Jizzax)
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia