Shomurodov tez orada "Bolonya" futbolchisiga aylanishi mumkin

Оқил Абдубарноев
4 avg 2022, 21:01
Bu haqda italyan nashrlari va insayderlari xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Roma"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov "Bolonya" safiga o'tishga yaqin turibdi. Klubning "bo'rilar" bilan muzokaralari yakuniy bosqichga yetib kelgan. Garchand futbolchiga "Torino" va "Sassuolo" klublari qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, "Bolonya"ning Shomurodovni qo'lga kiritish imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Qayd etilishicha, klub o'zbekistonlik hujumchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Transfer so'nggi 48 soat ichida amalga oshishi rejalashtirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti