Sherali Jo'raev: "Oldimizga mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlash vazifasi qo'yildi"

5 fev 2018, 14:45
Bugun Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu o'rtoqlik uchrashuvida "Qizilqum" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng "Qizilqum" jamoasi futbolchisi Sherali Jo'raev tayyorgarlik to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Bugun Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Yana oldimizda bir qator o'rtoqlik uchrashuvi turibdi. Keyingi nazorat uchrashuvini "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Shundan so'ng, chempionatimizbing bir qator kuchli jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazamiz. Barcha jamoalar yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Biz ham xuddi shunday ruhda tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Rahbariyat tomonidan oldimizga mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlash vazifasi qo'yildi", - deydi Sherali Jo'raev


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia