Serxio Ramos 5-6 hafta maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2016, 23:32
Real sardori Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasida olgan jarohatidan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Madrid klubi shifokorlari Ramos chap tizzasining medial kollateral paylarining cho'zilishini aniqlashgan. Real futbolchi qachon maydonga qaytishini oshkor qilmayapti.

As nashri esa, Ramos 5-6 hafta maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. U Ispaniya chempionatining 4ta o'yinida, YCHL doirasidagi Legiyaga qarshi ikkita uchrashuvda va Ispaniya terma jamoasining keyingi oydagi bahslarida ishtirok etmaydi.

Ramos katta ehtimol bilan 19 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Atletikoga qarshi bahsga tayyor bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com