

Dani Olmo 86-daqiqada ajoyib gol bilan "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Robert Levandovski esa 90-daqiqadagi aniq zarbasi bilan o'yinga nuqta qo'ydi.
"Barselona" 19 o'yindan so'ng 49 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Kataloniyaliklarning eng yaqin taqibchisi bo'lmish "Real" 42 ochkoga ega (18 ta o'yin).




