

"Espanol" hujumchisi Jofre 6-daqiqada to'p kiritib, hisobni ochdi. "Atletiko" shundan so'ng Aleksandr Sorlot (dubl), Juliano Simeone va Ademolaning gollari evaziga hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Mehmonlar yarim himoyachisi Ekspozito 80-daqiqada hisobni qisqartirdi. Yakuniy hisob - 4:2.
"Atletiko" La Ligada 25 o'yindan so'ng 48 ochko jamg'argan holda to'rtinchi o'rinda bormoqda. Uchinchi o'rindagi "Vilyarreal"da ham ochkolar soni shuncha, ammo "sariq suv osti kemasi" bitta kam o'yin o'tkazgan.





