

Xorazmliklar yig'inida o'tgan mavsum "Sho'rtan"da harakat qilgan Shohjahon Sultonmurodov va Azizbek Pirmuhammedov ishtirok etmoqda.
Ma'lumot uchun, Sultonmurodov o'tgan mavsum 24 ta bahsda maydonga tushdi. 24 yoshli himoyachi uchun "Xorazm" begona hisoblanmaydi. U 2022 yilgi mavsumda to'p suragan.
Azizbek Pirmuhammedov esa o'tgan mavsum 34 bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta assist bor.





