Seltik ketma-ket oltinchi marta Shotlandiya chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2017, 18:50
Seltik Shotlandiya chempionatining 30-turida Xartsni mag'lub etib (5:0) muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, Brendan Rodjers boshchiligidagi klub mavsum tugashiga 8ta tur qolganida ketma-ket oltinchi marta, umumiy 48-marta Shotlandiya chempioni bo'ldi.

Reyndjers hisobida 54ta Shotlandiya chempionligi bor.

Xarts – Seltik 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar:
0:1 – 24 Sinkleyr, 0:2 – 27 Sinkleyr, 0:3 – 55 Armstrong, 0:4 – 61 Roberts, 0:5 – 84, penalti Sinkleyr.
Xarts – Xemilton, Avlonitis, Soua, Struna, Novak, Ciolis (Buaben, 65), Kitchen, Kaui, Uoker (Marten, 65), Maars, Gonsalvesh (Beyt, 71).
Seltik –   Gordon, Shimunovich, Tirni, Lyustig (Gamboa, 80), Boyata (Ture, 87), Armstrong, Roberts (Makay-Stiven, 79), Forrest, Braun, Sinkleyr, Makgregor.
Ogohlantirishlar: Uoker (5), Makgregor (33), Gonsalvesh (33), Forrest (42), Novak (45), Boyata (69).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia