

Aslida barchasi 37-turdayoq hal bo'lishi mumkin edi. Nega deysizmi? “Seltik” safarda “Moteruell”ni 3:2 hisobida mag'lub etdi va barchasini so'nggi daqiqada belgilangan penalti hal qildi. Kelechi Ixeanacho penaltidan gol urib, “Seltik”ni chempionlik poygasiga qaytargan va ushbu holat Shotlandiyada keng muhokama qilingandi.
So'nggi turda esa peshqadam “Xarts” safarda aynan “Seltik”ka qarshi o'ynadi va bu chempionlik o'yini bo'ldi. Kim g'alaba qozonsa, o'sha chempion. Har holda durang ham “Xarts”ni chempionga aylantirardi. Biroq mavsum ertagi yakuniga etmay qoldi. “Seltik” katta ustunlik bilan “Xarts”ni mag'lub etdi va o'z tarixida 56-marta chempionlikni qo'lga kiritdi.
“Seltik” - “Xarts” 3:1
Gollar: Lourens Shonklend (43, 0:1), Arne Enjels (45+4, 1:1), Daizen Maeda (87, 2:1), Kallum Osmand (90+8, 3:1).



