Sarri "Yuventus"da Ikardi va Markinosni ko'rishni xohlamoqda

Alisher
18 iyun 2019, 12:07
"Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri mavsumlar oralig'idagi transfer rejalarini ma'lum qildi.

60 yoshli mutaxassis jamoasida "Inter" forvardi Mauro Ikardi va PSJ himoyachisi Markinoslarni ko'rishni xohlamoqda.

25 yoshli mudofaa vakilining transferi yuqori maosh sabab qiyinlashishi mumkin, Markinos Parij klubida yiliga 10,2 million evro maosh oladi.

Ikardi varianti esa "Inter"dagi vaziyat sabab amalga oshishi mumkin, chunki "neradzurri" bosh murabbiyi Antonio Konte 26 yoshli argentinalik futbolchiga qiziqmayapti.

Shuningdek, turinliklar "Sassuolo"dan Merix Demirel va "Jenoa"dan Kristian Romerolarni xarid qilishga yaqin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia