Runi: "Umid qilamanki, "Arsenal" YCHLda g'alaba qozonadi. Buning uchun ishonch va sabr kerak"

Sherzod Nurmatov
1 may 2025, 13:34
Mutaxassislar Chempionlar Ligasi yarim finalida PSJning "Arsenal" ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.

29 aprel kuni Londondagi "Emireyts" stadionida Chempionlar Ligasining birinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Fransiya klubi "Arsenal" ustidan minimal 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona gol 4-daqiqada Usmon Dembele tomonidan urildi.

Mashhur sobiq futbolchi, ekspert Ueyn Runi o'yinni quyidagicha izohladi:

"Umid qilamanki, "Arsenal" bu turnirda g'alaba qozonadi, ammo ular javob o'yiniga ishonch bilan borishlari kerak.

Siz sabr-toqatli bo'lishingiz, o'yinni sekinlashtirishingiz, kerakli daqiqalarda to'pni nazorat qilishingiz va yakunda imkon qadar aniq harakat qilishingiz kerak", – dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com