Ronaldu: "Menda AQSH, Yevropa, Braziliya va Portugaliyadan takliflar bor edi, ammo Al-Nassrga so'z bergandim"

Administrator
3 yanv 2023, 22:34
Futbolchi o'ziga bo'lgan boshqa takliflar haqida gapirdi.

Yaqindagina "Al-Nassr" klubi futbolchisiga aylangan Krishtianu Ronaldu klub tashkil qilgan matbuot anjumanida nega aynan shu jamoada to'xtalganini tushuntirdi.

"Avval ham aytganimdek, bu imkoniyat nafaqat futbol taraflama, balki yangi avlod mentalitetini ham o'zgartiruvchi ahamiyatga ega. 

Buni hech kim bilmaydi, ammo hozir aytaman: menda Yevropaning ko'plab klublaridan, Braziliya, Avstraliya, AQSH va xatto Portugaliyadan ham ko'plab takliflar bor edi. Biroq, men aynan "Al-Nassr"ga so'z bergandim. Bu yerda nafaqat futbolni, balki boshqa yo'nalishlarni ham rivojlantirishga hissa qo'shaman. 

Men uchun bu jiddiy chaqiruv. Nima xohlashimni ham, nimani istamasligimni ham juda yaxshi bilaman. O'z tajribam bilan juda ko'p narsalarni rivojlantirish uchun bu ajoyib imkoniyat", -deydi Krishtianu Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Ал-Насср" клубининг расмий саҳифалари