Ronaldinyo o'z jamoasi bilan Libertadores Kubogi sohibiga aylandi

25 iyul 2013, 09:50
Libertadores kubogi finali javob uchrashuvi asosiy vaqtida "Atletiko Mineyro" "Olimpia Asunson" klubi ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ikki uchrashuvdan iborat final baxsining dastlabki to'qnashuvida ham aynan shunday hisob qayd etilgan va unda "Olimpiyu Asunson" g'alaba qozongan edi.

Shuning uchun g'olib nomi penaltilar seriyasi natijasiga ko'ra aniqlandi.

Ushbu seriyada esa Ronaldinyo jamoadoshlari 4:3 hisobida raqiblardan ustun kelib, Libertadores Kubogi sohibiga aylanishdi.

Libertadores kubogi

Final

Atletiko Mineyro – Olimpiya Asunson 2:0,
penaltilar bo'yicha - 4:3

Manba: sports.ru